Lyuk Shou: "Endi zaxira futbolchilari jamoaga yordam berishi kerak"

Aslanov Jasurbek
20 noya 2014, 16:41
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou "Arsenal"ga qarshi Premer-liganing 12-tur uchrashuvi oldidan jarohat olgan futbolchilar o'rnini zaxiradagilar to'ldirishi kerakligin aytdi.

"Bizda jarohatlanganlar juda ko'p, ayniqsa himoyada. Blind jarohatlangan, ammo biz bu haftada g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Zaxiradagilarning jamoaga yordam beradigan payti keldi. O'yin amaliyotidan noliyotganlar "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda o'zini ko'rsatishi mumkin" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru