

Jamoani 2021 yilda o'tkaziladigan Yevropa chempionatiga ham 60 yoshli mutaxassisning o'zi boshlab boradi, deb xabar tarqatdi Sport Bild jurnalisti Kristian Falk.

Germaniya terma jamoasi uchun 2020 yil muvaffaqiyatsiz yakunlangani tufayli nemis futbol ittifoqi bosh murabbiyni o'zgartirishi kutilayotgan edi.
Ma'lumot uchun, Lyov Germaniya termasi boshqaruviga 2006 yilning avgustida kelgan edi. Nemislar uning boshchiligida 2014 yilgi jahon chempionatida zafar quchgan.



