Lyaport "Manchester Siti"da qolishiga ishonchi komil emas

Alisher
29 may 2021
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport kelasi mavsum ham klubda qolishiga ishonchi komil emas.

Futbolchi hozircha Yevropa chempionatiga e'tiborini qaratgan, u kelajagi borasida turnirdan so'ng o'ylab ko'radi.

Lyaport "Manchester Siti"da asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. 27 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum APLda faqatgina 16ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Emerik Evro-2020da Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Goal