Lyaport Gavi haqida: "U huddi 25 yoshlardek o'ynamoqda"

Alisher
15 noya 2021, 14:11
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Emerik Lyaport Shvetsiya (1:0)ga qarshi JCH-2022 saralash bosqichidagi g'alabadan so'ng 17 yoshli yarim himoyachi Gavi haqida gapirdi.

"U doim ajoyib ishni bajarmoqda. U huddi 25 yoshlardek o'ynamoqda va men bundan juda ham hayratdaman, ammo uni o'zimizda ko'rishdan juda mamnunman", - deydi Lyaport.

Gavi Ispaniya terma jamoasida Italiyaga qarshi 2021 yilning 6 oktyabrida bo'lib o'tgan Millatlar Ligasi yarim finalida debyut qilgan.

U terma jamoada jami 4ta o'yinda maydonga tushdi va ularning barchasida o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com