Lyakazett o'tgan yilgi natijasini takrorlab bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 sen 2022
"Lion" forvardi Aleksandr Lyakazett o'zining to'purarlik salohiyatini yana ommaga namoyish qilmoqda.

Bugun 31 yoshli futbolchi "Loryan" darvozasini ishg'ol qildi. Shu orqali u chempionatdagi 6-o'yinida 4-golini urdi.

Bu esa Lyakazettning o'tgan mavsum "Arsenal"dagi natijasini takrorlaganini bildiradi. 2021/22 yilgi mavsumda Lyakazett "Arsenal" tarkibida 30 o'yinda 4 gol urgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal