

"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett Liga 1 doirasidagi "Nant" bilan o'yinda (0:0) ishtirok etdi.
31 yoshli fransiyalik futbolchi klub doirasidagi barcha musobaqalarda 500-uchrashuvini o'tkazdi.
U "Lion" safida 294 ta, "Arsenal"da esa 206 ta o'yinda maydonga tushgan. Lyakazett bu klublar uchun umumiy hisobda 210 ta to'p kiritgan.



