Lyakazett "Arsenal"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 08:30
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett klubni tark etishi mumkin.

Fransiyalik "to'pchilar" safida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi. Hujumchi joriy mavsum APLning 3ta uchrashuvida ishtirok etdi, ammo ularning barchasida zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Yevropaning bir nechta klubi vaziyatni kuzatmoqda. Ammo "Arsenal" forvard bilan xayrlashmoqchi emas, chunki APLda transfer oynasi yopilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10 Sport