Lushan qiz bola emasligini takrorladi, iste'fo bermasligini va haydalmaguncha ishlashini ma'lum qildi

6 apr 2017, 21:57
Oliy liganing 5-turida o'z maydonida ilk marotaba "Qizilqum"ga mag'lub bo'lgan "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida nima deyish mumkin? Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. G'alaba qozonish uchun avvalambor hujum qilish zarur, agressiv futbol o'ynash kerak va asosiysi gol urmoq lozim. 
Darvozamiz tomon bitta aniq zarba qabul qildik va bu gol bilan tugadi. Afsuski hujumda hech narsa yarata olmadik. Haqli tarzda mag'lubiyatga uchradik. Bu yerda ortiqcha gapga hojat yo'q.

Mag'lubiyatga kim aybdor? Futbolchilar yoki murabbiy? Natija uchun har doim murabbiy javobgar. Shu boisdan mag'lubiyat bosh aybdori o'zimman. Jamoa mag'lub bo'lsa, murabbiy yutqazadi. G'alaba bo'lsa, jamoa g'olib chiqadi. Barcha joyda shu.

Iste'fo? Men iste'fo bermayman. Iste'foni vaziyatni o'nglolmaydigan murabbiylar berishadi. Men jamoadagi hozirgi mavjud vaziyatni o'nglashni istayman va bu qo'limdan keladi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. OCHLda ham imkoniyatlarimiz bor. Rahbariyat meni ishdan olsa boshqa gap. Agarda meni iste'foga chiqarishsa, unda ortiqcha savollarim yo'q. Lekin men o'zim iste'fo bermayman. "Bunyodkor"da meni ishdan haydamagunlaricha ishlayveraman. Ariza yozib ishdan ketish bu eng osoni. Men qiz bola emasman, kyetib qoladigan. Men buni avval ham aytgandim. Oxirgi imkoniyatgacha ishlayman. Agarda ichlaringizda (anjumanlar zaliga murojaat) nozik jins vakilalari bo'lsa, bu aniq men emasman.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia