Lunin "Real"dan kyetishga qaror qildi

Alisher
26 fev 2021
"Real" darvozaboni Andrey Lunin yozgi transferlar oynasida klubdan kyetishga qaror qildi.

22 yoshli ukrainalik darvozabon "Real"dagi holatidan norozi va klubdan o'ziga yangi jamoa topishni so'ragan.

Futbolchi "Real"dagi 3 yillik faoliyati davomida faqatgina o'tgan oy "Alkoyano" (1:2)ga qarshi kubok o'yinida maydonga tushdi.

Luninning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes.net