Lunin ham Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyul 2024
"Real" darvozaboni Andrey Lunin Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, ukrainalik golkiper xizmatlariga "Al Ittixod" va "Al Nassr" klublari qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, darvozabon "Real"dagi o'yin amaliyoti kamligi va yangi mavsumda Kurtua yana asosiy tarkibga qaytish ehtimoli tufayli Madridni tark etmoqchiligi haqida xabarlar berilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Руди Галетти