Lukas Podolski: 60-70 daqiqa to'p tepib chiqib ketish yoqmayapti

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2014, 10:01
Arsenal futbolchisi Lukas Podolski o'yinlarni to'liq o'tkaza olmayotganidan xafa.
Uiganga qarshi o'yinda 68-daqiqada meni almashtirishganidan so'ng xafa bo'ldim. Umuman, so'nggi vaqtlarda meni maydondan barvaqt chiqarib yuborishmoqda. 60-70 daqiqa o'ynash hech kimni xursand qilmasa kerak.

Bu albatta murabbiyning qarori. Top-klubda to'p tepish oson emas, - deb aytib o'tdi Germaniya terma jamoasi a'zosi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru