Lukas Okampos 4:5 haqida: "Sevilya" musobaqani boshni baland ko'targan holda tark etmoqda"

Alisher
10 mar 2021, 10:10
"Sevilya" vingeri Lukas Okampos "Borussiya" (Dortmund)ga qarshi YCHL 1/8 final javob o'yini (2:2)dan so'ng jamoa o'zi bilan faxrlanishi kerakligini qayd etdi.

"Biz musobaqani boshni baland ko'targan holda tark etmoqdamiz. Yutqazish doim og'ir, ammo bizning bugun qanday o'ynaganimiz jamoa, klub va o'yinchi sifatida o'sa olishimizni anglatadi.

Endi biz dam olish kunida bo'ladigan "Betis"ga qarshi juda muhim derbidaga bor e'tiborimizni qaratmiz", - deydi Okampos.

Eslatib o'tamiz, kechagi o'yinda Erling Xolandning ikki goliga "Sevilya" hujumchisi Yusuf En-Nesiri dubli bilan javob berdi, ammo ispan jamoasi yana bitta gol urishga erisha olmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com