Lukas Moura: "Menga final uchun 40ta chipta kerak"

Tolibjon Qosimov
31 may 2019
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Moura barcha do'stlari uchun Chempionlar ligasi finali chiptasini topa olmaganini aytib o'tdi.

"Menga 40ta chipta kerak. Men finalga barcha oila a'zolarim, do'stlarim va men uchun ko'p ish qilganlarni olib tushmoqchiman.

Afsuski, menga 24ta topib bera olishdi. Men xatto "Liverpul"dagi Alisson va Fabinoga ham yozdim. Lekin, ular ham bu borada yordam bera olishmadi", - dedi Moura.


"Tottenxem" va "Liverpul" o'rtasidagi Chempionlar ligasi finali 1 iyun sanasida Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com