Lukas Ernandes: "Ramosning Grizmann haqidagi gaplari? U "Real" futbolchisi va klubi sharafini himoya qilmoqda"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 14:56
"Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes Antuan Grizmann so'zlariga munosabat bildirgan "Real" himoyachisi Serxio Ramos so'zlari haqida fikr bildirdi.

Oldinroq, fransiyalik forvard o'zini Messi va Ronaldu darajasida ekanligini aytgan edi. Ramos esa bu fikrga qo'shilmadi va Grizmanni o'ziga xaddan tashqari ishongan futbolchi deb atadi.

"Ramosga Grizmanning so'zlari yoqmagan ko'rinadi, u xohlaganicha o'ylashi mumkin. U "Real" futbolchisi bo'lgani tufayli o'z klubi sharafini himoya qilmoqda. Jamoalarimiz o'rtasida jiddiy raqobat mavjud va har birimiz o'z qarashlarimizni himoya qilamiz" - deydi Ernandes.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport