Lukaku va Brozovich "Slaviya"ga qarshi o'yindan so'ng janjallashib qolishdi

Alisher
19 sen 2019, 16:06
CHL guruh bosqichi 1-tur doirasidagi "Inter" va "Slaviya" klublari o'rtasidagi o'yindan so'ng kiyinish xonasida milanliklar futbolchilari orasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Hujumchi Romelu Lukaku jamoadoshlarini jiddiy o'ynamaslikda ayblagan va barchani bosh murabbiy Antonio Kontening rejalariga amal qilishga undagan.

Bu gaplar belgiyalik futbolchi bilan ziddiyatga kelib turgan Marcelo Brozovichga yoqmagan.

Eslatib o'tamiz, "Inter" "Slaviya"ga qarshi o'yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

Jamoaning keyingi uchrashuvi 21 senyabr kuni "Milan"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport