Lukaku to'pig'idagi jarohat sabab 2-3 haftani o'tkazib yuboradi

Alisher
22 okt 2021, 10:12
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku jarohati sabab biroz muddat o'ynay olmaydi.

28 yoshli belgiyalik futbolchi "Malmyo"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

Futbolchining qaytishi noyabr oyidagi terma jamoalar tanaffusi yakunlanganidan keyin amalga oshishi kutilmoqda.

Lukaku 2021/22 yilgi mavsum "Chelsi" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror