Lukaku "Napoli"ga o'tishni istamadi

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 11:29
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku "Napoli"ga o'tishni istamadi.

"Goal" xabariga ko'ra, 26 yoshli forvard faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishni istamoqda. Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Oldinroq "Yuventus" va "Manchester Yunayted" Romelu Lukaku hamda Paulo Dibalani almashtirish borasida kelishuvga erishgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal