Lukaku MYU qarorgohini tark etdi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 14:25
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku o'z jamoasining navbatdagi ikki uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Belgiyalik futbolchi oilaviy sabablarga ko'ra "qizil iblislar" qarorgohini tark etdi. Ma'lum bo'lishicha, Lukaku oilasi a'zosi vafot etgan.

25 yoshli hujumchi "Boxing Day"dan avval mankunianlar safiga qaytmaydi va "Manchester Yunayted"ning "Kardiff Siti" va "Xaddersfild"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Lukaku 30 dekabrda qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail