Lukaku: "Men dunyoning eng kuchli 5 o'yinchisidan biriman"

Alisher
29 dek 2020, 18:23
"Inter" forvardi Romelu Lukaku dunyodagi eng kuchli o'yinchilari, yetakchilik va Joze Mourinyuning faoliyatidagi roli haqida gapirdi.

- Men dunyoning eng kuchli 5 o'yinchisidan birimanmi? Ha, agar so'nggi 5 oyga e'tibor qaratsak. Ro'yxat tuzishni xohlamayman, ammo men beshlikdaman.

- Futbol o'ynayotganda men, Arturo Vidal, Nikolo Barella yoki Aleksis Sanchesdek yetakchilar kerak. Faqat ishga bo'lgan shunday munosabat bilan psixologik jihatdan jamoani qurish va uchrashuv borishini o'zgartirish mumkin bo'ladi.

Mourinyu menga bosim bo'yicha ham, maydonda yaxshiroq joylashish borasida ham ko'proq jamoaviy o'ynashni o'rgatdi. Hozir masalan uning Xari Keyn bilan nima qilayotganini ko'ring, - deydi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Voetabal Magazine