Lukaku joriy mavsumdan so'ng ham "Everton"da qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 sen 2016, 10:40
"Everton" hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Mino Rayolaning so'zlariga ko'ra, uning mijozi joriy mavsum yakunlanganidan keyin ham ingliz klubida qolishi mumkin.

"Yozda Romelu hech kimga sotilmasligi ma'lum bo'lgandi va hozir u klubida haqiqatdan ham baxtli. Biz "Everton"ning o'yinidan mamnunmiz, ko'ramiz, buyog'iga nima bo'lar ekan.

Uning "Yuventus"ga o'tishi haqida mish-mishlar yurgan edi, ammo Italiyadagi hech qaysi klub uni xarid qila olmaydi. Angliya tashqarisida Lukakuni faqat PSJ, "Bavariya", "Real" va "Barselona" sotib olishi mumkin" - deydi Rayola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail