

Unga ko'ra, Lukaku hozirdanoq "Inter"ga qaytishni hohlashi haqida gapirmagan. Biroq La Gazzetta dello Sport belgiyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini yozmoqda. Turin klubi o'ziga hujumchi qidirmoqda hamda Lukaku "keksa sinora" uchun qiziqarli variant bo'lishi mumkin.
Shuningdek, hujumchiga da'vogarlar qatorida hozirda Antonio Konte murabbiylik qilayotgan "Tottenxem" ham bor.
Avvalroq Tomas Tuxel Lukaku bilan suhbatdan so'ng uni "Liverpul"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmasligi haqida xabar berilgandi.



