

“Men “Everton”da ajoyib to'rt mavsumni o'tkazdim. Buning uchun muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Men u yerda yaxshi davrimni o'tkazdim, do'stlarim va muxlislar bilan hayajonli daqiqalarga guvoh bo'ldik.
O'z navbatida “Manchester Yunayted” va Joze Mourinyo menga taklif bilan chiqishganida – bu mening hayotimdagi muhim chaqiriqlardan biri edi. Men buni rad etolmasdim. Biz Yevropa ligasi bahslarida jamoaning kurashuvchanlik xislatlari, bir maqsad sari intilishini ko'rdik. Men ham shu jamoani bir bo'lagi bo'lishni istayman.
75 ming muxlis bilan to'lgan “Old Trafford”da to'p tepishni sabrsizlik bilan kutayapman. Hozir mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni va bu eng muhim jarayon. Ilk mashg'ulotlarni o'tkazishga shayman”, deydi Lukaku.



