Lukaku A Seriyaning 1-turini og'ir vazni sabab o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
17 avg 2019, 17:32
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Italiya chempionatining dastlabki turidan o'rin olgan "Lechche"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin.

Belgiyalik futbolchining og'ir vazni Milan klubidagi debyutiga halal berishi mumkin.

Lukaku "Inter"ga "Manchester Yunayted"dan 104 kilogramm vazn bilan keldi, ammo rahbariyat undan vaznini kamida 100 kilogrammgacha tushirishini xohlashmoqda.

26 yoshli o'yinchi hozirda yakshanba kunlari qo'shimcha mashg'ulotlar olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport