Lukaku A Ceriyadagi debyut mavsumidayoq rekord o'rnatdi

20 iyul 2020, 08:32
“Inter” A Ceriya 34-turi doirasida “Roma” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Milanliklar safidagi gollardan biriga Romelu Lukaku mualliflik qildi. Bu Lukaku uchun A Ceriyadagi debyut mavsumida safardagi o'yinlarda urilgan 13-gol bo'ldi. Qayd etish joiz, Lukakuga qadar hech bir futbolchi o'zining debyut mavsumida safarda bunchalik ko'p gol urmagan edi.

Lukaku joriy mavsum A Ceriya doirasida 32 ta o'yinda 21 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.

“Inter” futbolchini o'tgan yozda 74 mln funt evaziga MYUdan sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta