Lukaku 7 yildan beri APLda har mavsum 10tadan ko'p gol urmoqda

Tolibjon Qosimov
28 fev 2019, 03:27
Biroz avval Premer-liga 28-turi doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Kristal Pelas"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda "Qizil iblislar" hujumchisi Romelu Lukaku dubl qayd etdi. Shu tariqa, belgiyalik forvardning joriy mavsum APLdagi gollari soni 11taga etdi.

Lukaku Premer-ligada 7 mavsumdan 10tadan ko'p gol urib kelmoqda. Faqatgina "Chelsi"ga ilk bor kelgan 2011-2012 yilgi mavsumda u gol ura olmagan.

Romelu Lukaku APLda:

2011/2012: 0 gol
2012/2013: 17 gol
2013/2014: 16 gol
2014/2015: 20 gol
2015/2016: 25 gol
2016/2017: 26 gol
2017/2018: 27 gol
2018/2019: 11 gol

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Coral