Luka Modrich Italiya chempionatining 64 yillik rekordini yangiladi

Khoja
15 sen 2025, 09:45
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich A Seriyaning deyarli 65 yil saqlanib kelgan rekordni yangiladi.

U "rossonerilar" safida ham o'ynagan (38 yoshu 169 kun - 1961 yil 26 martda "Inter"ga qarshi o'yinda) Nils Liedholmning rekordini yangilab, Italiya chempionatida gol urgan tarixdagi eng keksa yarim himoyachiga aylandi, deb xabar beradi Opta Paolo X ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, Modrich "Milan"ga yozgi transfer oynasida tekinga o'tgandi.

“Milan” dastlabki uch turda 6 ochko to'plagan va A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com