Luka Modrich: "Borussiya"ni qanday qilib yutishni bilamiz"

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2014, 21:45
"Real" jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich o'yindan oldin bo'ladigan matbuot anjumanida dortmundliklarni qanday qilib mag'lub etish mumkinligini bilishini aytib o'tdi.
"Biz "Borussiya"ga qarshi qanday o'ynash kerakligini bilamiz. Ular qarshi hujumlarda xavfli jamoaga aylanadilar. To'pni yo'qotgan vaqtda tezkorlik bilan himoyaga qaytish talab etiladi. Raqibga nisbatan pressing uyushtirishimiz lozim.

2:0 hisobidagi g'alaba ajoyib bo'lardi. Umuman, qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

Agar "Borussiya"ning kuchli futbolchilarini to'psiz qoldira olsak, yaxshi natijaga erishamiz", - deb aytib o'tdi xorvatiyalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com