Luka Modrich: "Beyl keyingi o'yinda Krishtianuni o'rnida o'ynaydi"

Tolibjon Qosimov
6 fev 2014, 13:25
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya kubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yindan (3:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz oxirgi ikki o'yinda "Atletiko"ga mag'lub bo'lgandik, shu sabab bugun oxirigacha bir jamoa bo'lib kurashdik. Bugun kuchli o'yin namoyish etdik.

Beyl bugun maydonga tushmadi, sababi keyingi o'yinda nohaq diskvalifikaciya qilingan Krishtianu o'ynay omlaydi. Garet shanba kuni uni o'rnida harakat qiladi", – deydi Modrich.

Krishtianu Ronaldu "Atletik"ka qarshi o'yinda hakamlar va raqib futbolchisiga hurmatsizlik qilgani uchun uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru