Luka Modrich APLga qaytishi mumkin

Tolibjon Qosimov
3 mar 2018, 20:04
"Arsenal" "Real"dan Luka Modrichni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

"Don Balon" nashri xabariga ko'ra, navbatdagi transferlar oynasi ochilganida "kanonirlar" rahbariyati 32 yoshli futbolchi bilan muzokaralar o'tkazishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik futbolchi 2008 yildan 2012 yilga qadar "Tottenxem" tarkibida harakat qilgan.

32 yoshli futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi. Bu mavsumda u 30 o'yinda ishtirok etib, 2 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: donbalon.com