Luis Suares koronavirusga chalindi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2020
Urugvaylik futbolchi ham virus bilan kurashadigan bo'ldi.

“Atletiko M” forvardi Luis Suaresning koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi. Futbolchi Urugvay terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turgandi. Shu tariqa Luis JCH-2022 saralashi doirasida Braziliyaga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, Lusi La Liga doirasida o'zining sobiq klubi “Barselona”ga qarshi o'yinda ham qatnashmaydi. “Atletiko” va “Barselona” o'rtasidagi o'yin 21 noyabrga belgilangan.

Suares bundan tashqari YCHL doirasida 25 noyabrda Moskvaning “Lokomotiv”iga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

Luis joriy mavsum “Atletiko” safida 9 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express