

Apellyaciya sudi diskvalifikaciya qarorini o'zgartirish uchun etarli dalillar yo'qligini aniqladi. Shu tariqa, Valverde La Liganing 30-turida "Real" - "Malorka uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 77-daqiqada mehmonlar o'yinchisi Aleks Baenaga qo'pollik ishlatib, qizil kartochka olgan edi.
Ispaniya chempionatining 29-turidan keyin "Real" 69 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan 4 ochko orqada qolmoqda.


