Luis Suares Ispaniyaga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022
Joriy mavsum "Nasonal"da to'p tepgan urugvaylik 35 yoshli markaziy hujumchi Luis Suares faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish ehtimoli bor.

"Sport Bild" xabiriga ko'ra, uning xizmatlariga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Luis tez orada erkin agentga aylanadi. Uning "Nasonal" bilan amaldagi kelishuvi dekabr oyi oxirida tugaydi.

Suares Ispaniya chempionatida "Barselona" va "Atletiko"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

Avvalroq OAVda Luis MLS'ga yo'l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning xizmatlariga "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqish bildirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild