Luis Suares boshqa bir La Liga klubidan taklif oldi

Alisher
9 sen 2020, 12:14
"Barselona" hujumchisi Luis Suares Madridning "Atletiko" klubidan taklif oldi.

Ispan klubi "Yuventus"ni transfer shartlari asosida engishga va urugvaylik hujumchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.

"Keksa sinora" hali ham Suares uchun bosh da'vogardir, ammo Italiyaga yo'l olishda muammolar ham yo'q emas (til bo'yicha imtihon). Shu sabab Suares faoliyatini Ispaniyada davom ettirish variantini ham ko'rib chiqadi.

Hujumchi o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 12ta assist qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN Uruguay