Luis Felipe Skolari: "Neymar jarohatidan qutulishi uchun 5-6 kun kerak"

Tolibjon Qosimov
29 iyun 2014, 11:34
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari jamoa hujumchisi Neymarning Chiliga qarshi o'yinda (1:1, 3:2 – penaltilar seriyasi) olgan jarohati haqida gapirib berdi.
– Asosiy vaqtning 75 va qo'shimcha bo'limlarda 30 daqiqa Neymar jarohati bilan o'ynadi. Uchrashuv boshidayoq uning soniga zarba berishdi, hakam buni ko'rmay qoldi.

U jarohatidan qutulishi uchun 5-6 kun kerak, - deydi Skolari.

Eslatib o'tamiz, 1/4 finalidan o'rin olgan Braziliya – Kolumbiya uchrashuvi 5 iyul kuni tunda bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru