Luis Enrike: Messi o'zining avvalgi saviyasiga qaytishi uchun ozgina vaqt etarli bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 10:32
Barselona ustozi Luis Enrike Deportivoga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Bizdan nima talab etilganini bilardik. Futbolchilar maydonga tushib kerakli ishni qilishdi. Raqib umuman vaziyat sodir eta olmadi. Zaxiradagi futbolchilar maydonga tushib o'yin taqdirini hal qilishsa bu ajoyib.

Messi qaytdi va oldingi saviyasiga chiqishi uchun ozgina vaqt etarli bo'lganini barcha ko'rdi. Pako Alkaserga shubha bilan qaramayapman. Unda bir qator vaziyatlar bo'ldi, shunchaki omadi kelmadi.

Rafinya va boshqa futbolchilar bir nechta joylarda o'ynay olishlari jamoa uchun foydali, – deydi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com