Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018
Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Barselona, Roma, Selta klublarida ishlagan Luis Enrike bo'ladi.

Ispaniya futbol Federatsiyasi 48 yoshli murabbiy bilan Evro-2020 oxiriga qadar shartnoma tuzadi.

Fernando Yerrodan so'ng ushbu lavozimga Kike Sanches Flores, Michel va Viktor Sanches kabi murabbiylar davogarlik qilishgandi.

JCH-2018da Ispaniya terma jamoasi 1/8 finalga chiqdi va penaltilar seriyasida Rossiyaga yutqazdi (1:1, 3:4 penaltilar).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com