Luis Enrike: "Alvesga ishonaman, u yaxshi futbolchi, ammo uning kelajagi borasida qarorni men qabul qilmayman"

Aslanov Jasurbek
28 fev 2015, 10:46
"Barselona" bosh murabbiy Luis Enrikening takidlashicha, Dani Alvesning klubda qolishi borasidagi qarorni u qabul qilmaydi.

"Agar "Barselona" asosiy tarkibiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Alvesga ishonishim ko'rinib turibdi. U professional va yaxshi futbolchi. Ammo uning kelajagi borasidagi qarorni klub rahbariyati qabul qiladi" - deydi Luis Enrike.

Eslatib o'tamiz, Dani Alvesning ko'k-anorranglilar bilan shartnomasi 2015 yilning yozida yakunlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com