

Kolumbiyalik hujumchi yangi jamoasida haftasiga 269 ming evro maosh oladi. Taqqoslash uchun uning Angliyadagi haftalik maoshi 63 ming evroga teng edi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" hujumchini 75 million evroga sotib oldi. O'tgan mavsumda 27 yoshli Dias barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qilgan.



