Lui Van Gal Vengriya va Turkiyaga qarshi o'yinlarga 25 nafar futbolchini chaqirdi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013, 20:20
Gollandiya terma jamoasi ustozi Lui van Gal JCH-2014 saralashi doirasidagi Vengriya va Turkiyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini e'lon qildi.
Bu o'yinlar mos ravishda 11 va 15 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Darvozabonlar
: Tim Krul ("Nyukasl Yunayted"), Yerun Zut (PSV), Mixel Vorm ("Suonsi").

Himoyachilar: Daril Yanmat, Martins Bruno Indi, Stefan de Vrey, (barchasi- "Feyenoord"), Deyli Blind ("Ayaks"), Ron Vlar ("Aston Villa"), Paul Verxag ("Augsburg"), Gregori van der Vil ("PSJ"), Yetro Villems, Jeffri Bruma (ikkisi- PSV).

Yarim himoyachilar: Yordi Klasi ("Feyenoord"), Jonatan de Guzman ("Suonsi Siti"), Kevin Strotman ("Roma"), Rafael van der Vart ("Gamburg"), Steyn Sxars (PSV), Uesli Sneyder ("Galatasaroy"), Naydjel de Yong ("Milan").

Hujumchilar: Jermeyn Lens ("Dinamo" Kiev), Robin van Persi ("Manchester Yunayted"), Aren Robben ("Bavariya"), Dirk Kyuyt ("Fenerbaxche"), Ruben Sxaken ("Feyenoord"), Rikki van Volfsvinkel ("Norvich").

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com