Lui van Gal: "Aslida men dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biriman, shunchaki..."

Aziz Tukhtamuradov
3 may 2016, 19:17
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Lui van Gal iste'foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.


"Bizdan juda ko'p narsa kutishadi. Ayni paytda qiyinchilik davridamiz.

Matbuot meni yarim yildan beri iste'foga chiqarmoqda? Avval ham boshqa klublarda ishlaganimda bunday holatlar ko'p bo'lgan. Mengaku, buning ahamiyati yo'q. Ammo, futbolchilarim har kuni matbuot orqali mening iste'foim haqidagi xabarlarni o'qishmoqda. Bu mening ular oldidagi obro'yimga ta’sir ko'rsatmay qolmaydi.

Men juda g'ururliman. Dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biriman. Shunchaki, matbuot buni tan ololmayapti", - deydi gollandiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Star