Luchano Spalletti "Napoli"ni tark etganidan so'ng bir yil tatilga chiqadi

Alisher
24 may 2023, 09:13
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti mavsum yakunida neapolliklar klubini tark etadi.

Il Matino xabariga ko'ra, "Napoli"ni tark etgach, Spalletti yangi jamoada ish boshlashdan oldin bir mavsum tanaffus qiladi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, hozirgi vaqtda ketish eng yaxshi vaqt, chunki unga klubning yetakchilari jamoani tark etishi haqida ma'lumot berilgan

Avvalroq, 64 yoshli italiyalik mutaxassis klub xo'jayini bilan yomon munosabatlari yomonlashgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Avvalroq Spalettining shartnomasi avtomatik tarzda 2024 yilgacha uzaytirilgandi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Luchano Spalletti boshchiligidagi “Napoli” 33 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor Italiya chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com