Luchano Spalletti: "Napoli" prezidenti Kvaratsxeliyaning transferida ikkilangandi"

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2023
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti gruziyalik futbolchi haqida gapirdi.

Uning aytishicha, klub prezidenti Aurelio De Laurentis Xvicha Kvaratsxeliya va Kim Min Je transferida ikkilangan. 

"De Laurentis ular bilan shartnoma imzolayotganda ikkilangandi. Biz tunlari ham ular bilan shartnoma imzolash haqida suhbatlashardik. Chunki, men avval Rossiyada ishlaganman, Kvara haqida ko'proq ma'lumot bilish uchun u erdagi do'stlarimga qo'ng'iroq qilganman. De Laurentis ularning ligasi va A Seriya o'rtasidagi farqqa e'tibor qaratgan. Ammo bugungi kunda futboldagi chegaralar ham qisqarib bormoqda", - dedi Spalletti. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: TMW