Lovren: "Barselona"ga qarshi bahs oldidan Klopp ajoyib nutq so'zladi"

Aslanov Jasurbek
8 may 2019, 14:14
"Liverpul"ning xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovren "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.

"Kloppni tabriklaymiz. Bahsdan oldin u ajoyib nutq so'zladi. U ruximizni ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Oddiy gaplar edi, ammo bunday nutqni hech qachon eshitmaganman.

U shunday dedi: "Yigitlar, ishoning. O'yinning birinchi 15, 20 daqiqasida gol ura olmasak, buni 65, 66, 67-daqiqada qilishimiz mumkin. Ortimizda "Enfild" turibdi. Buni udallay olamiz" - deydi Lovren.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Barselona"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express