Loris o'zi uchun noqulay hujumchilar kimligini aytdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 12:10
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris faoliyati davomida qaysi hujumchilarga qarshi o'ynash qiyin bo'lganini gapirib berdi.

"Ularning birortasini tanlash qiyin. Mayli, unda Raul. U "Real" va "Shalke-04"da o'ynagan paytlarida Raulga qarshi maydonga tushganman. U doimo darvozabon turgan joyga tez qarab, zarba berish uchun joy tanlashga ulgurar edi.

Navbatdagi noqulay raqiblar Suares va Messi bo'lsa kerak. O'z vaqtida PSJdagi Pauletaga qarshi o'ynash ham qiyin bo'lgan. "Nicca" sharafini himoya qilganimda u bilan maydonda tez-tez uchrashib turardik" - deydi Loris.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport