Loris Karius APLga qaytish arafasida turibdi

Administrator
8 sen 2022
"Liverpul" sobiq darvozaboni "Nyukasl" a'zosiga aylanadi.

Loris Karius o'ziga yangi jamoa topdi. 29 yoshli darvozabon faoliyatini "Nyukasl"da davom ettiradi. Futbolchi allaqachon klub qarorgohiga yetib kelgan va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Nyukasl" Karius bilan qisqa muddatli shartnoma imzolaydi. Ma'lumot uchun Karius jamoa zaxira darvozaboni jarohatlangan Karl Darlouga o'rinbosar sifatida qaralyapti. Klubning asosiy darvozaboni esa Nik Pop hisoblanadi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano