Loris APLda 100 ta quruq o'yin o'tkazgan 16-darvozabonga aylandi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2021, 23:05
APL 26-turidan “Tottenxem” 4:0 natijasi bilan “Byornli”ni taslim etdi.

“Shporlar” a'zosi Ugo Loris chempionatda 285 o'yinida maydonga tushdi va 100-marotaba darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. 

Loris APLda 100 ta quruq o'yin o'tkazgan 16-darvozabonga aylandi. Shuningdek, u bitta klub safida ushbu ko'rsatkichga erishgan 8-posbon sifatida qayd etildi.

Bu borada rekord esa Petr Chexga tegishli – “Arsenal” (40) va “Chelsi” (162 ta) safida jami 202 ta quruq o'yin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial