Lorente: "Barselona" - yetakchi, ammo futbolda doimo eng yaxshilar g'alaba qozonavermaydi"

Aslanov Jasurbek
22 may 2015, 15:18
"Yuventus" hujumchisi Fernando Lorente "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin 6 iyun kuni Berlinda bo'lib o'tadi.

"Bizga oson bo'lmasligini bilamiz, chunki hozirda o'zining eng yaxshi formasida bo'lib turgan jamoa bilan to'qnash kelamiz. Ular ayni damda jahonning eng kuchli jamoasi. "Barselona"ning hujum chizig'ida o'zga sayoraliklar o'ynaydi. Ammo biz o'z o'yinimizni namoyish etib, g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz.

Finalda "Barselona" favorit, ammo futbolda doimo eng yaxshilar g'alaba qozonavermaydi" - deydi Lorente.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com