
Joze Mourinyoni bilgan holda shuni aytishim mumkinki, u maydonda futbolchilarni asabiylashtirishga urinib ko'radi. Uning provakaciyalariga uchmasligimiz lozim. Futbolchilarim ortiqcha ehtiroslarga berilmasliklari va o'zlarini idora qilishlari zarur bo'ladi. Biz keraksiz kartochkalarni olishimiz kerak emas. Shundoq ham bir qator futbolchilarimiz jarohatlari tufayli safda emaslar. Men va Mourinyo jamoamiz yetakchilaridan ko'p narsa kutamiz. Bular albatta Azar va Ibragimovich.