

"Bu ajoyib debyut bo'ldi, unga 1,5 oy davomida o'yin amaliyotisiz o'ynash oson bo'lmadi deb o'ylayman. Gomes mashg'ulotlarda o'zini yaxshi his qilayotganini ko'rsatdi.
U maydonda bo'lganida, bizga juda yordam berdi. Alexandro jamoani kuchliroq qilishi mumkin", - deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli argentinalik futbolchi "Sevilya"ga qishki transfer oynasida "Atalanta"dan 5,5 million evro evaziga o'tdi. Gomesning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



