"Lokomotiv"ning OCHL-2018dagi raqibi BAA Superkubogi uchun bahs yuritadi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2018, 09:01
"Lokomotiv" jamoasining Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichidagi raqibi - BAAning "Al Vahda" klubi kecha BAA Prezidenti kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Emireyts" jamoasiga qarshi bahs yuritdi.

Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda "Vahda" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Qayd etish joizki, Prezident kubogining amaldagi sohibi sanladigan "Al Vahda" o'tgan mavsumda ushbu musobaqa finalida "Al Nasr"dan 3:0 hisobida ustun kelgan edi. Bu esa ushbu jamoaning BAA Superkubogi uchun bellashuvda ishtirok etishini taminladi.


BAA Superkubogi uchun o'yinda "Al Vahda" BAA chempioni sanaladigan - hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib borayotgan "Al Jazira"ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yin 20 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Локомотив” матбуот хизмати